2015 yilning 16 sentabr kuni “Özekspomarkaz”da biryöla ikkita xalqaro sanoat körgazmasi bölib ötadi: Uzenergexpo-2015 va Uzstroyexpo-2015.
Körgazmalarni taşkil etişda rasmiy kömak “Özbekenergo” DAK, Toşkent şahar hokimiyati, Savdo-sanoat palatasi, “Özqurilişmollari” AK, “Özmaxsusmontajkuriliş” AK, Özbekiston Fanlar Akademiyasi energetika va avtomatika instituti, “Özkommunxizmat” agentligi tomonidan körsatilmoqda.
Joriy yilda birlaşgan ekspozitsiyada Belarus, Germaniya, Italiya, Eron, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Ukraina, Janubiy Koreyadan taşrif buyuradigan 60 kompaniya vakillari iştirok etadi.
UzEnergyExpo Özbekistonda elektrotexnik sohadagi tadbirlar içida har yili eng yetakçi örinlardan birini egallaydi. U mehmonlar diqqatiga zamonaviy elektrotexnik jihozlar va innovatsion loyihalarni taqdim etadi.
UzStroyExpo körgazmasi esa asosan quriliş sohasiga urğu beradi va tegişli kompaniyalarning mahsulotlarini taqdim etadi.






