Avstraliyalik boksçi Devid Braun-Kiçkina filippinlik Karlo Magali bilan jang vaqtida olgan oğir jarohatlari tufayli olamdan ötdi. Bu haqda Sky News Australia xabar bergan.
Uşbu sportçilar örtasidagi jang 11 sentabr kuni Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) hududiy çempionligi uçun ötkazildi.
Avstraliyaning Inglbern şahrida ötkazilgan bu jangning 12-raundida Filippin vakili nokaut evaziga ğalaba qozongani e'lon qilingan.
Jang yakunlanişi bilanoq, 28 yoşli Braun şifoxonaga olib ketilgan. Unga miyaga qon quyilişi taşxisi qöyilgan, şifokorlar uning hayotini saqlab qoliş uçun barça çoralarni körişlariga qaramasdan, u 3 kun ötib vafot etdi.
Professional boksda Braun 25ta jang ötkazib, undan 22tasida ğalaba qozongan. Uning faoliyatida 2ta mağlubiyat va bir durang qayd etilgan.






