Ispaniyaning «Real» klubi Forbes jurnali talqiniga köra, dunyoning eng boy jamoasi unvonini Amerika Milliy futbol ligasining (NFL) «Dallas Kovboys» jamoasiga boy berib qöydi. Bu haqda naşrning rasmiy saytida ma'lum qilingan.
Forbes «Dallas Kovboys» jamoasini 4 mlrd dollarga baholagan. Madridning «Real» klubi esa bu reytingda ikkinçi örinda bormoqda. Jamoaning narxi 3,26 mlrd dollar.
Uçinçi örinni NFLning yana bir vakili «Nyu England Patriots» klubi egallab turibdi. Törtinçi örinda «Nyu York Yankilari» beysbol klubi bormoqda. Bu ikkala klub jurnal tomonidan 3,2 mlrd. dollarga baholangan. Beşinçi örinda qayd etilgan Ispaniyaning boşqa bir futbol jamoasi «Barselona»ning qiymati esa 3,16 mlrd dollarni taşkil etgan.






