Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning xalqaro izolyatsiya tuşib qolmaganini, yakkalanib qolmaganini ta'kidladi.
Ilgariroq Vaşington vakillari Rossiya Suriyada Başar Asad rejimiga yordam körsatişda davom etaversa, xalqaro miqyosda yakkalanib qolişini ta'kidlagan edi.
“Rossiyaning yakkalanib qolişiga keladigan bölsak, afsuski, bunday sözlarni oxirgi yil davomida köp eşitmoqdamiz. Bu sözlarning narxi öta nisbiydir. Rossiya jahon hamjamiyatining öta muhim, faol a'zosi bölib qolmoqda”, - Peskovning sözlarini keltiradi TASS agentligi.
Uning ta'kidlaşiça, Rossiyaning Asad hukumatiga berayotgan yordami IŞIDga qarşi kuraşayotgan koalitsiyaga a'zo davlatlarning manfaatlariga zid kelmaydi: “Moskva prezident Başar Asadni mintaqadagi eng real kuç sifatida qöllab-quvvatlamoqda, AQŞ boşçiligidagi koalitsiya esa ixtilofni qanday bartaraf qilmoqçi ekanligini aniq-tiniq tuşuntirişga intilmayapti”.






