Avstraliya Aloqa vaziri Malkolm Tyornbull Toni Ebbotning örniga mamlakatning yangi vaziri böldi.

Ma'lum qilinişiça, parlamentdagi Liberal partiya a'zolari yetakçilikni Ebbotdan olib, Tyornbullga topşirişgan.

Içki ovoz beriş natijalariga köra, Tyornbullga 54, Ebbotga 44 ovoz berilgan.

Bundan olinroq, Ebbot Avstraliya boş vazirligidan ketişi haqida xabar berilgandi.

Yaqin vaqt içida Tyornbull Avstraliya boş vaziri sifatida qasamyod qilişi aytilgan. U şu haftaning özida hukumatning yangi tarkibini tuzişi kutilmoqda.

Ma'lumot uçun, 60 yoşli uşbu siyosatçi 2008-2009 yillarda ham Liberallar partiyasi yetakçisi bölgan, 2007 yildan Atrof-muhitni muhofaza qiliş vazirligida, 2013 yilning 18 sentabridan Aloqa vazirligida rahbar lavozimlarda işlagan.