Rossiya Federal antimonopol xizmati (FAS) AQŞning Google kompaniyasini Rossiyaning “Raqobatni himoya qiliş töğrisidagi” qonunini buzganlikda aybdor deb topdi, deb xabar bermoqda FAS matbuot xizmati.
Endi Google özining bozordagi tuşumidan 1 foizdan 15 foizgaça miqdordagi jarimaga tortilişi mumkin, deb aytdi FASning axborot texnologiyalari boşqarmasi boşliği Vladimir Kudryavtsev.
Google kompaniyasi matbuot xizmatida FAS qarori olingandan keyin kompaniya uni örganib çiqişi ma'lum qilindi.
Rossiyaning “Yandeks” qidiruv tizimi 18 fevralda FASga Google’ni Rossiyaning antimonopol qonunçiligini buzişini tekşirib köriş talabi bilan da'vo arizasi topşirgan edi. “Yandeks”da AQŞlik raqobatçisi Android operatsion tizimini Google qidiruv xizmati va boşqa xizmatlardan ajratişi zarur deb hisoblanmoqda. Aks holda Android-smartfonlar bozorida erkin raqobat tamoyili buziladi, çunki bu yerda Google kompaniyasi Android negizidagi özining proşivkalar variantlaridan foydalanmoqçi bölgan işlab çiqaruvçilarga bosim ötkazişi mumkin.
Erkin raqobat tamoyilini buzuvçi Google’ning smartfon işlab çiqaruvçilar bilan şartnomasining bandlaridan biri sifatida Android-smartfonlarning dastlabki ekranida qidiruv tizimiga çeklovning mavjudligi aytilmoqda, uşbu birinçi ekranda faqatgina Google qidiruv tizimi çiqişi mumkin. AQŞ kompaniyasi öziga qöyilgan ayblovlarni inkor etdi.
Mart oyida Nokia, Oracle, Microsoft, TripAdvisor va boşqa kompaniyalar kiruvçi FairSearch kompaniyalar alyansi “Yandeks”ning Google’ga qarşi harakatlarini qöllab-quvvatlaşlarini ma'lum qilişgan edi.






