Suriyalik qoçqin Gretsiyaning Lesbos oroliga özining suyukli muşugi bilan keldi, deb yozmoqda Huffington Post naşri. Yevropaga dengiz orqali kelgan, bağriga muşugini bosib turgan ekrakning rasmi Twitter’da juda ommalaşib ketdi va uning qaytadan çop etilişi virus körinişini oldi.
Naşr muhojirning ismini keltirmagan, biroq muşukning laqabi Zaytun ekanligini ma'lum qilgan. Uning egasi muşukni Gretsiyaga bir parça matodan yasalgan yörgakda olib kelgan. Muşuk sayohatdan keyin özini yaxşi his qilmoqda.
Huffington Post naşri uşbu surat kim tomonidan birinçi marta çop etilganiga aniqlik kiritmagan. Biroq naşrning yozişiça, surat Gretsiyaning Protothema yangiliklar saytida çop etilgandan keyin internet-foydalanuvçilar va xalqaro OAVlar e'tiborini jalb qilgan. Sayt tahririyati bu surat “gumanitar fojiani insoniyroq ölçovda körsatişini” ta'kidlab ötdi.






