Tojikiston boş prokuraturasi mudofaa vazirining sobiq örinbosari Abduhalim Nazarzodaning 11 nafar tarafdoriga davlatga xiyonat qiliş, terrorçilik, noqonuniy tarzda qurol-aslaha saqlaş va boşqa bir qator moddalar böyiça ayblov qöydi. Bu haqda TASS axborot agentligiga Tojikiston Içki işlar vazirligi ma'lum qilgan.
“Avvalroq 6 sentabrda jinoiy guruh rahbari, isyonçi Abduhalim Nazarzoda va uning ikki yaqin şerigiga nisbatan şunday ayblovlar qöyilgan edi”, deb ta'kidlab ötdi Içki işlar vazirligi vakili.
Uning aytişiça, yaqin orada yana bir guruh terrorçilarga nisbatan ayblovlar qöyiladi.
Tojikistonning Romit darasida amalga oşirilgan aksilterrorçilik operatsiyasida 100 dan ortiq terrorçilar va ularning şeriklari qölga olingan. Ulardan 12 nafari öz xohişi bilan taslim bölgan, 22 terrorçi töqnaşuvlar davomida yöq qilingan. Davlatga qarşi boş kötargan guruh qoldiqlarini yöq qiliş böyiça operatsiya hamon davom etmoqda.






