Yirik xalqaro pul ötkaziş tizimlaridan biri Western Union Rossiyadan Özbekiston, Tojikiston va Qirğizistoga pul ötkazmalari tariflarini pasaytirdi. Şu vaqtga qadar Western Union öz xizmatlari uçun tariflarni boşqa mintaqaviy “öyinçilar”dan köra ikki barobar qimmatroq uşlab turgan edi. Yangi qaror bilan Western Union uşbu bozordagi uluşini oşirib olmoqçi, deya hisoblamoqda mutaxassislar.
“Kommersant'” naşrining xabar berişiça, 17 sentabrdan boşlab Western Union bir qator MDH davlatlari va Turkiya uçunRossiya örtasida pul almaşiş tariflarini pasaytiradi. Kompaniya bu haqda mazkur mamlakatdagi hamkorlarini ötgan hafta oxirida ogohlantirgan.
2015 yil oxiriga qadar davom etuvçi narxlar arzonlaşuvini marketing aksiyasi deb nomlandi. Kompaniya Rossiyadan boşqa mamlakatlarga pul ötkaziş uçun tölanadigan komission pul miqdorini MDHning muayyan davlatlari: Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston uçun ikki barobar yoki 1 foizgaça qisqartirdi. Şu vaqtga qadar MDH davlatlariga pul jönatmalari uçun WU tarifi 2 foizni taşkil etar edi.






