Eron keyingi ön yillik oxiriga kelib Yevropa ittifoqiga gaz yetkazib beruvçi yirik davlatga aylanişi mumkin. Bu haqda Eron yadroviy dasturi materiallariga iqtibos keltirgan holda The Wall Street Journal naşri yozmoqda.

Yevrokomissiya Eron 2030 yilga kelib yiliga 25-35 mlrd kub metr gaz yetkazib bera oladi, deb hisoblamoqda, bu uning Yevropaga gaz yetkazib beruvçi yirik davlatga aylantiradi hamda Yevropaning Rossiya va Şimoliy Amerikadan gaz yetkazib berişga boğliqligini qisqartiradi. Bu orada Rossiya yiliga 130 mlrd kub metr gaz yetkazib beradi.

Ğarb  davlatlari hukumatlari va kompaniyalari energiya zaxiralariga boy bölgan Eronga investitsiya kiritişni bir neça bor muhokama qilganlar. Bu borada Yevropa Ittifoqining energetika va iqlimning özgarişi böyiça yevrokomissari Migel Arias Kanete yetakçi energetik kompaniyalar, jumladan RWE AG, E.On AG, BP PLC, Royal Dutch Shell PLC, Repsol SA, Total SA, Engie SA and Statoil ASA kompaniyalari bilan uçraşuv ötkazdi.

“Biz kompaniyalarimiz Eron bozoriga AQŞ yoki Xitoy kompaniyalaridan tezroq çiqişlarini istaymiz”, deb aytmoqda yevrokomissar.

Naşrning ta'kidlaşiça, Yevropa Eron neft-gaz sektoriga investitsiya kiritiş jarayonini tezlatiş uçun Eron vakillari bilan suhbatni jadallik bilan oşirmoqda.