“IŞID” terrorçilik guruhi bilan aloqadorlikda gumon qilingan 4 nafar hind BAAdan deportatsiya qilindi va Hindiston maxsus xizmatlariga topşirildi. Bu haqda India TV telekanali ma'lum qildi. 

Telekanal ma'lumotlariga köra, ular ikkita reys orqali uylariga jönatilganlar. Gumonlanuvçilar bölgan samolyotlar Hindistonning janubidagi Kerala ştatidagi Trivandrum va Karipur aeroportlariga yetib kelgan. Bu yerda ularni maxsus xizmat xodimlari kutib olgan. Qayd etilişiça, ayni paytda ular gumonlanuvçilarni söroq qilmoqdalar.

Bu Hindiston fuqarolarining terrorçilik faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilinib BAAdan deportatsiya qilinayotgan ikkinçi holatdir. 11 sentabrda BAA maxsus xizmatlari “IŞID” safiga jangarilarni yollagan hindistonlik ayolni qölga olib, uni Dubaydan çiqarib yuborgan edilar. Maxsus xizmat xodimlarining ma'lumotlariga köra, Nikol Jozef taxallusi ostidagi ayol ijtimoiy tarmoqlar orqali odamlarni “IŞID” safiga yollagan. Ayolni jinoyat ustida qölga olişga muvaffaq bölindi. U turmuş örtoği va uç nafar qizi bilan vataniga jönatib yuborildi. Ayolni vatanida tergov va sud kutmoqda.
Hindiston razvedka byurosi ma'lumotlariga köra, “IŞID” safiga 20 ga yaqin hind kirgan.