BMW kompaniyasi Frankfurtda bölib ötayotgan avtosalonda 7-seriyasining flagman modelini namoyiş qildi. BMW’da ta'kidlanganidek, avtomobil özida “konsernning haydovçiga yordam beruvçi intellektual tizimlarining eng oxirgi innovatsiyalarini” mujassamlaştirgan. 

Yangi avtomobilda qöllangan yangiliklardan biri – ugleplastikdan tayyorlangan kuzov va uzoq va yaqin masofalar uçun möljallangan lazer faralar böldi. Maşinada, şuningdek, imo-işoralarni boşqariş funksiyasiga ega sensor displeyga ega iDrive operatsion tizimi örnatilgan. Maxsus interaktiv kalit yordamida avtomobil egasi uni masofadan turib parkovka qilişi mumkin: buning uçun maşinadan çiqib, tegişli funksiyani faollaştiriş lozim.  

Maşinaning orqa Executive Lounge örindiqlari massaj qiliş funksiyasi bilan töldirilgan. Maşinaning panoramali tomida yoruğlik çiroqlari va mobil telefonlarni quvvatlaş uçun qurilma örnatilgan.