Yevropaga ötmoqçi bölgan 2 mingdan ziyodroq suriyalik qoçqin Istanbulning Bayrampoşa avtovokzalida yiğildi, deb xabar bermoqda 15 sentabr kuni Hurriyet gazetasi.
Naşrning ma'lumotlariga köra, qoçqinlar avtobuslarda Turkiyaning şimolidagi Gretsiya bilan çegaradoş Edirne viloyatiga yöl olmoqdalar. 500 dan ziyodroq suriyalik qoçqin turk-grek çegarasida turibdi, ulardan köpçiligi yölning bir qismini piyoda bosgan holda hamroh maşinalarda kelmoqdalar. Suriyaliklarning çegaraga ommaviy tarzda yöl olişlariga Germaniya 16 sentabrga ötar keçasi qoçqinlar uçun öz çegarasini yopişi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar sabab böldi.
2015 yilning boşidan Yevropa Ittifoqi hududiga 500 mingdan köproq muhojir kelgan, ularning saflari har kuni yana minglab muhojirlar bilan tölib bormoqda.






