Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlar iqtisodiy preferensiyalar zonalarini taşkil etiş imkoniyatlarini körib çiqmoqda. Bu haqda ŞHT Işbilarmonlar kengaşi ijroçi kotibi Sergey Kanavskiy TASS naşriga ma'lum qildi.
“Ayni paytda ŞHTning köplab a'zo-davlatlarida erkin iqtisodiy hududlar rivojlanmoqda. Rossiyada bunday maskanlar Ildam taraqqiyot hududlari, Qozoğistonda Erkin iqtisodiy zona, Xitoyda Erkin savdo zonasi, Özbekiston va Tojikistonda ham özlarining atamalari bilan nomlanadi. Biz bularning barçasini ŞHT Işbilarmonlar kengaşi doirasida Iqtisodiy preferensiyalar zonasi atamasi bilan birlaştirmoqçimiz”, – dedi ijroçi kotib.
“Ğoya umumiy hamkorlik tizimini şakllantiriş uçun mazkur zonalar doirasida işlab çiqarişlar örtasidagi tutaşuv nuqtalarini topişni ham öz içiga oladi. Bu sanoat majmualari va transport-logistika zonalari hamkorligidir. Biroq aynan iqtisodiy preferensiyalar zonasini taşkil etişgi hozirça vaqt bor. Bundan avval ŞHT doirasida erkin hududlar hamkorligi imkoniyatlarini tuşunib yetiş lozim”, – dedi Sergey Kanavskiy.
Bu haqda Xitoyning Sian şahrida bölib ötgan ŞHTga a'zo mamlakatlarning iqtisod va savdo vazirlari uçraşuvida söz borgan.
Izoh: preferensiya — davlat tomonidan işlab çiqariş korxonalari va taşkilotlarga ular faoliyati uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş maqsadida turli imtiyoz va afzalliklar berilişi.






