Bir neça oy avval Toşkent metrosining “Hamza” bekati “Novza” bekati deb yangiça nomlangan edi. Metro xodimlari bu stansiyadagi, metroning har bir vagonida bölgan metro sxemasidagi stansiyaning eski nomini yangisiga tezkorlik bilan almaştirişdi.
Bu borada metro xodimlariga tasanno aytiş kerak. Bularning barçasi albatta ozmunça vaqt, mehnat va mablağ talab etmagan.
Biroq nimagadir metro xodimlari öz vazifalarini tölaqonli bajardik, deb öylayotgan körinişadi. Gap şundaki, bekatlarning nomlarini e'lon qiluvçi ovozli e'lonlarda bu holat inobatga olinmay qolib ketdi. Köpçilik yölovçilar aynan unga köra möljal oladilar. Bu ovozli e'lonlarda “Hamza” sözi olib taşlanganu, biroq yangi “Novza” nomi kiritilmagan.
Stantsiya qayta nomlangandan ança vaqt ötgaç ham, yuqoridagi holat quyidagiça köriniş olmoqda: “Novzaga” bir stansiya qolganda diktorning ovozi har doimgidek “Ehtiyot böling, eşiklar yopiladi!” deb e'lon qiladi. Şundan keyin hamma yölovçilar diktorning “Keyingi bekat “Novza” deyişini kutadilar, ammo diktor buni e'lon qilmaydi, poyezd esa yölida davom etaveradi.
Söngra metro “Novza”ga kelganda diktor qiz bu yerda ham bekatning nomini e'lon qilmaydi, metro haydovçisi esa deyarli ungsiz ovoz bilan anglab bölmaydigan tarzda bekat nomini yo “Novza”, yo “Hamza”, yoxud umuman boşqa bir narsa deb e'lon qiladi.
Bir qaraşda arzimagandek tuyulgan bu kamçilik yuzlab odamlar işlaydigan Toşkent metrosining obrösiga obro‘ qöşmaydi, albatta. Bekatning yangi nomini ovozli e'longa kiritiş yoki yangisini yoziş nahotki şunçalik qiyin bölsa, degan savol tuğiladi. Va bunga qança vaqt talab qilinadi, balki bir, ikki yildir?
Asosiysi, metro xodimlarining mas'uliyatsizligi tufayli “Hamza” bekatining “Novza”ga qayta nomlanişi böyiça işlar deyarli oxirigiça yetkazilmay qolmoqda.






