Argentina futbol terma jamoasining sobiq yulduzi, afsonaviy Diyego Maradona navbatdagi gal FIFA prezidenti Yozef Blatter va UYeFA prezidenti Mişel Platinini tanqid qildi.

“Men bularning barçasidan çetdaman, çunki Blatter men uçun barça eşiklarni yopib qöygan. Men öğrimasman, Blatter esa futbolga köplab ziyon yetkazgan. Endi bölsa Platini bilan birga – bu maynabozçilikdan boşqa narsa emas. Ulardan biri özini FIFA, biri UYeFA rahbaridek körsatmoqda. Aslida ular hamişa yonma-yon boradilar. Blatter Platiniga örgatgan yagona narsa öğrilik qilişdir.

Agar Iordaniya şahzodasi Ali ibn Al-Husayn FIFA prezidenti lavozimini yutsa, unda men vitse-prezident bölaman”, deb aytdi Maradona Neapolning PiuEnne telekanali efirida.