AQŞ Ukraina Oliy radasida mamlakatning 18 mlrd dollarlik taşqi qarzini restrukturizatsiya qiliş böyiça kelişuvning tasdiqlanişiga ovoz beriş arafasida Ukrainaga moliyaviy kömakni oşirişga tayyor, deb xabar bermoqda Financial Times naşri. 

Avgustda bir neça oylik muzokaralardan keyin Ukraina taşqi qarzining restrukturizatsiyasi böyiça kelişuv Oliy rada tomonidan 17 sentabrda tasdiqlanişi kerak. Bu kelişuv Ukrainada iqtisodiy inqiroz va şarqdagi qurolli mojaro tufayli yuzaga kelgan byudjyet defitsitini kamaytirişga qaratilgan 4 yilga möljallangan Ukrainaga 40 mlrd dollar yordam körsatiş rejasining muhim elementi hisoblanadi.
“AQŞ va boşqa manbalardan qöşimça moliyalaştirişni taqdim qiliş istiqboli mavjud”, deb ma'lum qildi naşr AQŞ Moliya vazirligidagi yuqori lavozimli manbaga iqtibos keltirgan holda hamda Ukraina joriy vaziyatda bu kömakka ehtiyoj sezişini qöşimça qildi.

Naşrning ta'kidlaşiça, Ukraina hukumati mamlakat şarqidagi harbiy harakatlar sababli xalqaro hamjamiyatdan qöşimça yordam oliş va Xalqaro valyuta jamğarmasi talab qilayotgan keskin iqtisodiy islohotlarning amalga oşirilişini bir neça oydan beri talab qilayotgan muholifat kuçlarining noroziligiga duç kelmoqda.