Qirğizistonda bölib ötadigan parlament saylovlarida birorta ham siyosiy partiya 120 deputatlik mandatining 65tasidan ziyodini qölga kiritmaydi. Bu haqda TASS muxbiriga 17 sentabr kuni respublikada saylovlar va referendumlarni ötkaziş böyiça Markaziy saylov komissiyasida ma'lum qilingan.

“Bunday çeklov mamlakat saylov qonunçiligida belgilab qöyilgan”, – deya ma'lum qilindi muassasada. MSK vakilining sözlariga köra, bu partiyalardan birining parlament hokimiyatida uzurpatsiyaga yöl qöyiş imkoniyatini çeklaş va mamlakatda demokratiyani rivojlantiriş uçun joriy etildi

“Mazkur norma saylovlar natijalaridan qat'i nazar, hattoki partiyalardan biri nomzodlariga köproq ovoz berilgan taqdirda ham, qöllaniladi”, –deya oydinlik kiritdi MSK vakili. Saylovlar yakuni böyiça parlamentdagi örinlar partiyalar örtasida ular töplagan ovozlar soniga boğliq ravişda proporsional tartibda taqsimlanadi. Buning uçun ulardan fuqarolarning eng kamida 7 foiz ovozini olişi talab etiladi.

Qirğizistonda parlament saylovlari 2015 yil 4 oktabrda bölib ötadi. Ayni paytda palamentdagi deputatlik örinlari uçun 14 partiya kuraş olib bormoqda. Köpçilik mutaxassislarning fikriça, parlament saylovlarida amaldagi prezident Almazbek Atambayevning Sotsial-demokratlar partiyasi, şuningdek, “Ata Meken” sotsialistlari va “Bir bol” partiyasi vakillari yetakçilik qiladi.

Izoh: uzurpatsiya — hokimiyat yoki özgalarning huquqini qonunga xilof ravişda tortib oliş.