Rossiyaning Sankt-Peterburg şahri Şuşari tumanidagi quriliş maydonida yana bir baxtsiz hodisa sodir böldi.
“Rosbalt” internet naşrining huquqni muhofaza qiliş organlari xabariga asoslanib ma'lum qilişiça, 16 sentabr kuni 12:20 (Toşkent vaqti bilan 11:20)da Şkolniy köçasidagi 6A turar-joy binosi qurilayotgan maydonda 22 yoşli Özbekiston fuqarosining jasadi topilgan. Yoş yigit 8-qavatdan qulab tuşgan.
Hayotlik vaqtida u “Eks Stronek” kompaniyasida armaturaçi bölib işlagan. Vafot etganning yaşaş joyi aniqlanmoqda.
Bu Şuşari tumanida Özbekiston fuqarosi bilan röy bergan birinçi şu singari hodisa emas. 2015 yilning 16 aprel kuni “Stroitel” MÇJ işçisi, 35 yoşli Özbekiston fuqarosi ham ustiga quvur tuşib ketişidan olgan tan jarohatidan vafot etgan edi.






