Vengriyaning Serbiya bilan çegarasida muhojirlar bilan töqnaşuvlarda 20 nafar politsiyaçi va 2 nafar bola jarohat oldi. Bu haqda Vengriya boş vazirining xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi Derdya Bakondiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.
“Ayni paytda 20 nafar politsiyaçi yaralangan, bundan taşqari tez tibbiy yordam maşinasi 2 nafar bolani olib ketdi. Ular tösiqlar ustidan taşlanganda jabrlanganlar”, deb aytmoqda Bakondi.
Bakondi mutassadilar çegarada örnatilgan tösiqni tiklaş va mustahkamlaş bilan şuğullanayotganlarini ma'lum qildi.
Avvalroq Vengriya politsiyasi “tajovvuzkor kayfiyatdagi” bir guruh muhojirlar Serbiya bilan çegarada barpo etilgan simli tösiqni yorib taşlaganini ma'lum qilgan edi. Natijada politsiyaçilar ularga qarşi közni açiştiruvçi gaz va vodomyotlar işlatişga majbur bölganlar.






