Xitoylik xakerlar AQŞ davlat xizmatçilarining öğirlangan ma'lumotlari asosida alohida resurs yaratişdi, deb xabar beradi Fox News telekanali.
AQŞ personal menejmenti ofisi kompyuterlaridan ulkan miqdorda ma'lumot öğirlaşga muvaffaq bölgan xakerlar ular asosida öziga xos ijtimoiy tarmoq yaratişdi. CrowdStrike kompaniyasi mutaxassisi Dmitriy Alperoviçning sözlariga qaraganda, bu baza davlat işçilarini şantaj qiliş va XXR hukumatiga işlaşga majbur qilişga qaratilgan.
Bundan taşqari, ekspertning sözlariga qaraganda, nafaqat xodimlar, balki ularning oilalari ham xavf ostida qolmoqda.






