Bugun norasmiy jahon çempionati sanalmiş Devis Kubogining jahon ligasiga çiqiş uçun pley-off bosqiçidan örin olgan Özbekiston – AQŞ terma jamoalari uçraşuvi boşlandi.

Ilk uçraşuvda mamlakatimizning birinçi raqamli tennisçisi Denis Istomin Stiv Jonsonga qarşi kortga çiqdi va 3:2 hisobida raqibini mağlubiyatga uçratib terma jamoani oldinga olib çiqqandi.

Şundan söng, Özbekistonning ikkinçi raqamli tennisçisi Farrux Döstov Jyek Sokga qarşi kortga çiqdi. Afsuski, hamyurtimiz ikkinçi öyinda amerikalik raqibiga imkoniyatni boy berib qöydi. Yakuniy hisob 5:7, 3:6, 2:6.

Şu tariqa, Özbekiston hamda AQŞ terma jamoalari örtasidagi öyinda hozirça 1:1 hisobi qayd etilmoqda.

Olamsport.com naşrining xabar berişiça, ertaga soat 12:00da juftliklar örtasida Farrux Döstov / Denis Istomin – Stiv Jonson / Sem Kuerri bahslari bölib ötadi.

18 sentabr

Denis Istomin – Stiv Jonson 6:1, 3:6, 7:6, 6:7, 7:5
Farrux Döstov – Jyek Sok 5:7, 3:6, 2:6

19 senyatbr

Farrux Döstov / Denis Istomin – Stiv Jonson / Sem Kuerri

20 sentabr

Denis Istomin – Jyek Sok
Farrux Döstov – Stiv Jonson

Eslatib ötamiz, yakkalik uçraşuvlari soat 10.00da, juftlik bahslari 12.00da boşlanadi.