Intel korporatsiyasi va Lenovo kompaniyasi YuNeSKOning Özbekistondagi vakolatxonasiga Qoraqalpoğistonning 5ta maktabida mahorat sinflarini taşkil etişi uçun Intel texnologiyalari asosida işlab çiqilgan 30ta noutbuk va 2si 1da transformerlarini taqdim etdi. Topşiriş marosimi 17 sentabr kuni Toşkent şahrida ta'lim sohasidagi zamonaviy tendensiyalarga bağişlangan matbuot anjumani doirasida taşkil etildi.

“Bugun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Ta'lim sohasiga AKTning joriy etilişi esa bolalarning ijodiy salohiyatini oşiriş, axborot “iste'molçilari” emas, balki ularning “tayyorlovçilari”ni tarbiyalaşda muhim odim bölib xizmat qiladi”, – dedi Intel’ning Markaziy Osiyo va Kavkazorti mamlakatlaridagi mintaqaviy direktori Dmitriy Kisel matbuot anjumanida sözga çiqar ekan.

Intel 2010 yildan buyon YuNeSKOning Özbekistondagi vakolatxonasi bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. Jumladan, 2012 yilda korporatsiya xalqaro bolalarni himoya qiliş taşkilotiga Özbekistondagi uçta maktabda “Bir öquvçiga bir kompyuter” öqitiş metodini joriy etiş uçun 60 dona mobil qurilma sovğa qilgan edi.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamda YuNeSKO bilan hamkorlikda Intel Teach “Get Started” dasturi böyiça mamlakatimizdagi 70 ming nafardan ziyod öqituvçilar maxsus öquv kurslariga jalb qilingan.