Muhojirlar oqimi töxtamayotgani sababli Xorvatiya politsiyasi Serbiya bilan boğlovçi 8 yölning 7tasini bekitdi. Uşbu yöllar va çegaralar qat'iy tartibda himoyalanmoqda.

Avvalroq Xorvatiya hukumati mamlakat hududi orqali Ğarbiy Yevropaga ötib olişni maqsad qilgan bu qadar köp muhojirlarni qabul qila olmasligi haqida ogohlantirgan edi. Şu munosabat bilan Serbiya bilan çegara hududlariga yanada köproq armiya qismlarini yuboriş va zarurat tuğilganidan muhojirlar oqimini töxtatişni rejalaştirgan.
Hukumat qoçqinlar boşpana sörab avvaldan murojaat etişi, aks holda ularning harakatiga çegarani buzib kiriş sifatida qaralişini ma'lum qildi. Biroq Suriyada joylaşgan muhojirlar guruhlari politsiya halqalarini buzib ötib, Xorvatiyaning Tovarnik şahri hududiga kirib kelişdi. Sönggi 24 soat içida Xorvatiya hududiga 7,3 ming atrofida muhojir kesib ötişdi.

Xabarlarga köra, köplab muhojirlar oçlik va çanqoqdan aziyat çekişmoqda, ularning aksariyati esa bolalardir.







