Falastin milliy ma'muriyati rahbari Mahmud Abbos Nyu-York şahrida BMT Boş assambleyasidagi nutqi yakunida şov-şuvli ma'lumotni oşkor qilişga va'da berdi. “Al-Quds al-Arabiy” internet naşriga bergan intervyusida u 30 sentabrda bölib ötuvçi nuqtidagi asosiy sirni oşkor qilmadi, biroq Isroilning falastinliklarga nisbatan siyosati tanqid ostiga olinişini aytib ötdi.

“Men Oslodagi kelişuvlar va Isroilning Falastin ma'muriyati nazorati ostida bölişi belgilangan A va B hududlaridagi kirdikorlari haqida sözlayman. BMTdagi nuqtim oxirida esa bomba taşlayman, ammo gap nima haqda ketişi haqida avvaldan ma'lum qilmayman”, – dedi Abbos.

Abbosning çiqişi 30 sentabrga möljallangan. Ayni şu kuni BMT boş qarorgohida Falastin bayroğini kötariş marosimi ham bölib ötadi.