Özbekiston mintaqada birinçi bölib majburiy rotavirus vaksinatsiyasini joriy qilgan edi. Uşbu tajribaning dastlabki natijalari tahlildan ötkazildi.

Xalqaro soğliq taşkilotining xabar berişiça, jahonda har yili 500 minggaça bolalar rotavirusdan nobud bölmoqda, 3 mln dan ortiği şifoxonaga yotqziladi. Özbekistonda ötkazilgan tadqiqotlar rotavirus infeksiyasi 5 yoşgaça bölgan bolalarda oğir gastroentrit va ölim holatlarini keltirib çiqarayotganini körsatdi.

Şu tufayli mamlakatda 2014 yildan majburiy vaksinatsiya joriy qilindi. Bir yil ötgaç, virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti va boşqa taşkilotlar mutaxassislari natijalar tahlilini ötkazdi. Ma'lum bölişiça, bu vaksinatsiyaning joriy qilinişi kasallikka çaliniş holatlarini 30 foizga kamaytirgan.

Şu bilan birga, mutaxassislarning e'tirof etişiça, vaksinatsiyaning samaradorligi haqida gapiriş uçun jiddiyroq va çuqurroq tadqiqotlar olib boriş, holatni uzluksiz monitoring qilib boriş talab etiladi.