Qirğizistonda ötkaziluvçi parlament saylovlarida jamoat tartibini saqlaş uçun qariyb 9 ming nafar militsiya xodimi safarbar etiladi. Bu haqda TASS respublika IIV ma'lumotiga asoslanib xabar bermoqda.

“Bizning xodimlar saylov uçastkalari va biometrik uskunalar himoyasini ta'minlaydi, – deya ma'lum qilindi vazirlikda. – Şuningdek, Joylarga byulletenlarning yetkazilişi va ularning saqlanişini ham kuzatib borişadi”. IIV vakilining ma'lum qilişiça, yaqin kunlarda mamlakatdagi barça 2,3 ming saylov uçastkalari doimiy qöriqlana boşlanadi.

IIV şaxsiy tarkibi 1 oktabrdan kuçaytirilgan tartibda işlaşni boşlaydi. “Bunday tartib eng kamida 6 oktabrga qadar davom etadi”, – deya aniqlik kiritildi.
Eslatib ötamiz, Qirğizistonda parlament saylovlari 2015 yil 4 oktabrda bölib ötadi. Ayni paytda parlamentdagi deputatlik örinlari uçun 14 partiya kuraş olib bormoqda.

Köpçilik mutaxassislarning fikriça, saylovlarda amaldagi prezident Almazbek Atambayevning Sotsial-demokratlar partiyasi, şuningdek, “Ata Meken” sotsialistlari va “Bir bol” partiyasi vakillari yetakçilik qiladi.