Moskvada qayta rekonstruksiya qilingan jome masjidining oçilişi arafasida Rossiya Federatsiyasi musulmonlar diniy boşqarmasi rahbari Ravil Ğaynutdin TASS agentligiga intervyu berdi.
Suhbat çoğida u Janubiy Saxalinda sud tomonidan Qur'onning ayrim oyatlari ekstremistik matn deb e'lon qilinganiga munosabat bildirdi.
“Bu savodsizlikdir, - dedi Rossiyaning boş muftiysi. – U yerda kerakli ekspertizaning özi yöq edi, Rossiyada bunday ekspertlar barmoq bilan sanarli darajada. Qanaqadir qişloqda, qanaqadir tumanda, Ural ortida, Sibirda ilohiyot eksperti topilişi... Bunday odamlar ulkan akademik bilimlariga ega bölişi, falsaviy fikrlay olişi kerak.
Qur'on suralarini man qilgan odamlar esa ertaga butun Bibliyani ekstremistik deb e'lon qilib yuborişi mumkin. Sudyalar Bibliyani, Qadimgi Ahdni, Yangi Ahdni öqişsin, şunda ularning qaraşlari özgaradi”.
Bunday hollarning oldini oliş uçun Rossiya musulmonlari yetakçisi qonunçilikka özgartişlar kiritib, dinlarning muqaddas kitoblarini himoyalaşni tavsiya qildi.






