Xitoyning Sinopec milliy neft-kimyo korporatsiyasi sobiq boş direktori Van Tyanpu Xitoy Kommunistik partiyasi(XKP)dan çetlatildi. Bu haqda juma, 18 sentabr kuni XKPning intizomiy nazorat markaziy komissiyasi ma'lum qildi.

“Van Tyanpu jiddiy tartib va qonunlarni buzganlik, xizmat vazifasini suiiste'mol qilganlik va davlat mulklarida öz maqsadlari uçun noqonuniy foydalanganlikda gumon qilinmoqda”, – deyiladi e'lon qilingan hujjatda.

Yaqin kunlarda uning işi yuzasidan hujjatlar huquqni muhofaza qiliş organlariga taqdim etiladi.

2015 yil mart oyida xuddi şu kabi tergov işi CNPC Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi boş direktori Lyao Yun'yuanga nisbatan ham olib borilgan edi.

Sinopec Xitoydagi uç neft gigantidan biri sanaladi. 2014 yilda korporatsiya 43,78 million tonna neft va 20 milliard kub metr tabiiy gaz qazib olib, öz körsatkiçlari böyiça CNPCdangina ortda qolgan edi.