Toşkent şahrining Ğafur Ğulom nomidagi madaniyat va istirohat boğida “Soğlom va ma'naviy yetuk avlod - yurt kelajagi” şiori ostida “Bolalar kitobi” II respublika festivali ötkazilmoqda. Unda Özbekistonda faoliyat yuritayotgan 60dan ziyod naşriyot va matbaa korxonalari öz kitob mahsulotlari bilan iştirok etmoqda.
Festivalni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kömagida Özbekiston matbuot va axborot agentligi, Özbekiston Respublikasi Madaniyat va sport işlari, Xalq ta'limi vazirliklari, Özbekiston xotin-qizlar qömitasi, Yozuvçilar uyuşmasi, "Soğlom avlod uçun" hukumatga qaraşli bölmagan xalqaro xayriya fondi taşkil etgan.
Tadbirning maqsadi ösib kelayotgan avlodni intellektual rivojlangan va ma'nan barkamol qilib voyaga yetkazişda kitobning örni va ahamiyatini yanada kengaytiriş, yoşlarning milliy adabiyotga bölgan qiziqişini, kitobga bölgan hurmatini oşiriş hamda kitobxonlik va mutolaa madaniyatini yanada şakllantirib borişga hissa qöşiş, bolalar uçun möljallangan ijtimoiy-badiiy jihatdan yetuk adabiyotlar salmoğini köpaytiriş hamda bolalar adabiyotiga ixtisoslaşgan naşriyotlar faoliyatini qöllab-quvvatlaşdir.
“Bolalar kitobi” II respublika festivali bir vaqtning özida Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida ham ötkazilmoqda. Festival 19 sentabrgaça davom etadi.

Tadbirda iştirok etayotgan “Hilol nashr” naşriyoti xodimi Yorqinjon Haydarovning aytişiça, bu yilgi festivalda naşriyot tomonidan bolalar uçun möljallangan 10 nomdan ortiq kitob taqdim etilgan. Yaqinda çop etilgan “Tört muçangiz soğ bölsin” (muallif – Iroda Uluğbek qizi) kitobida uy-rözğor buyumlariga şe'riy tarzda, bolalar uçun qiziqarli usulda ta'rif berilgan, suratlari ham ilova qilingan. “Odobingiz – obröyingiz” kitobida esa, hikmatlar asosida bolalar uçun axloq qoidalari bayon qilingan. Şuningdek, Tohir Malikning “Mehmon tuyğular”, “Siz qanday yaşamoqçisiz?” kitoblari ham yangi kitob sifatida taqdim etildi.

Özbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan 2015 yil 1 iyul holatiga köra, 111ta naşriyot, 1650ga yaqin matbaa korxonasi davlat röyxatidan ötkazilgan. Respublika naşriyotlari tomonidan har yili 3 ming nomdan ziyod, umumiy adadi 45 mln nusxadan ortiq turli kitob mahsulotlari nashr etilmoqda. Ellikdan ortiq naşriyot bolalarga bağişlangan noşirlik mahsulotlarini çop etib kelmoqda. Bugun Özbekistonda nashr etilayotgan adabiyotlarning har uçtadan bittasi bevosita bolalarga bağişlangan naşrlardir.






