2015 yilning oktabrida Toşkentda terrorçilik va ekstremizmga qarşi kuraş böyiça xalqaro konferensiya ötkaziladi. Bu haqda Şanxay hamkorlik taşkilotining mintaqaviy aksilterror strukturasi ijroiya qömitasi direktori Çjan Syanfen bayonot berdi.
11 sentabr kuni u Pokistonning Özbekistondagi eliçis Riyoz Hussayn Buxoriy bilan uçraşuv ötkazdi. Uçraşuv çoğida Çjan Syanfen elçiga oktabr oyida Toşkentda terrorçilik va ekstremizmga qarşi kuraş böyiça uçinçi xalqaro konferensiya ötkazilişi, unda ŞHTga a'zo hamda kuzatuvçi davlatlar tegişli organlari vakillari iştirok etişidan boxabar qildi. Tadbir strukturaning özi tomonidan taşkil etiladi.
Buxoriy, öz navbatida, Pokiston hududida terrorçilikka qarşi keng miqyosda kuraş doirasida olib borilayotgan harbiy amaliyotlar xususida öz suhbatdoşiga axborot berdi. Şuningdek, ular Yaqin Şarqdagi vaziyat yuzasidan fikr almaşişdi.






