AQŞ Demokratik partiyasining bir guruh homiylari AQŞ vitse-prezidenti Jo Baydenni 2016 yilda bölib ötadigan prezidentlik saylovlarida iştirok etişga undaşmoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Homiylarning aytişiça, ular Baydenning nomzodini rasman qöllab-quvvatlaşmoqda. Ularning aytişiça, Bayden vitse-prezident lavozimida katta natijalariga erişdi. Xususan, uning bevosita sa'y-harakatlari bilan yangi iş örinlari taşkil etildi, işsizlik darajasi pasaydi, Iroqdagi va Afğonistondagi uruş yakunlandi.

Avvalroq The Late Show körsatuvida boşlovçi Stiven Kolber agar Bayden prezidentlik saylovlarida iştirok etsa “hamma xursand bölişi”ni aytganda, Bayden Kolberning öziga saylovlarda iştirok etişni taklif qilib, unga ham vitse-prezident bölişga va'da bergan edi.