Dubay amirligi ma'muriyati amirlik boş vaziri Muhammad ibn Raşid Al-Maqtumning ikkinçi öğli vafot etgani munosabati bilan 3 kunlik motam e'lon qildi.

34 yoşida yurak xuruji tufayli vafot etgan marhum şayx Raşid ibn Muhammad Al-Maqtum Dubay amiri Muhammad ibn Raşid Al-Maqtumning 22 farzandi orasidagi ikkinçi öğli, taxt vorisi Hamdon ibn Muhammad Al-Maqtumning katta ukasi edi.

Ma'lumot uçun, şayx Raşid 2008 yildan 2010 yilgaça BAA Olimpiya qömitasini boşqargan, bu lavozimni tark etgaç, rasmiy lavozimlarda faoliyat körsatmagandi va tadbirkorlik bilan şuğullangandi.

Forbes jurnali 2010 yilda uning boyligini 1,9 milliard dollarga baholagandi.