Oloy bozori yaqinida joylaşgan biznes markazida kelib çiqqan yonğin atrofidagi şov-şuvlar sovib ulgurmasdan, internetda poytaxtimizdagi Çorsu bozori oldida quriliş olib borayotgan kranlarning ağdarilib yotgani tasvirlangan suratlar paydo böldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotosuratlardan körinib turibdiki, poytaxtimizdagi Çorsu dehqon bozorining “göşt bozori” nomi bilan maşhur qismi yaqinidagi arka oldida quriliş olib borayotgan kranlar köngilsiz holga kelgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari qoldirgan izohlardan ma'lum böladiki, uşbu kranlar keça, 18 sentabr kuni tungi 21:00 atrofida bu yerga yöl ustidagi arkani buziş uçun keltirilgan.

Taxmin qiliş mumkinki, arka buzilayotgan vaqtda uning bir qismi kranlar ustiga qulab tuşgan.
Hodisa tufayli Çorsu bozori atrofida avtomobillar tirbandligi vujudga kelgan.
Mazkur holat yuzasidan hozirça rasmiy axborotlar berilgani yöq.