AQŞ davlat kotibi Jon Kerri özining siyosiy masalalar böyiça yangi örinbosari etib Tom Şennonni tayinladi.
Şennon – kadrlar masalasidagi diplomat bölib, elçi darajasiga ega. Hozirga qadar u AQŞ davlat departamenti maslahatçisi lavozimida işlagan. Bunga qadar esa Braziliyada elçi bölgan. Undan avvalroq AQŞ davlat kotibining Ğarbiy yarim şar böyiça yordamçisi sifatida faoliyat körsatgan.
Kerri Şennonning nafaqat Lotin Amerikasini balki Yaqin Şarq, Afrika, Janubi-Şarqiy Osiyo va boşqa mintaqalarga oid masalalarni ham yaxşi tuşunişini ta'kidlagan.
Davlat kotibining siyosiy masalalar böyiça örinbosar lavozimi, AQŞ taşqi siyosat mahkamasidagi uçinçi darjadagi örin hisoblanadi. Endilikda Şennon nomzodi Kongress senati tomonidan tasdiqlanişi lozim. Şundan söng u amaldagi örinbosar Uendi Şerman örnini egallaydi.
Ma'lumot uçun, Şennon 1980 yilda AQŞdagi yetakçi öquv yurtlaridan bölgan “Uilyam end Meri” (Virjiniya ştati) kollejini tamomlagan. Bundan taşqari Oksfordda öqigan. Ispan va portugal tillarini biladi.






