AQŞ amaldorlari Kaliforniya ştati şimolidagi ikki yirik örmon yonğinlari oqibatlarini hisob-kitob qilib çiqişdi, deya xabar bermoqda Associated Press.
Sönggi ma'lumotlarga köra, yonğinlardan mingdan ziyod uy şikast körgan, beş kişining halok bölgani aytilmoqda.
Serra-Nevada toği etaklari ortida yana 250ga yaqin bino joylaşgani bois, tekşiruv guruhi hozirça u yerdagi yöqotişlar hajmini aniqlay olgani yöq.
















