Tergovçilar tintuv paytida Komi respublikasi rahbari Vyaçeslav Gayzerdan içida pullar bölgan seyf, millionlab dollar turadigan soatlar kolleksiyasi, bir neçta ofşor kompaniyalarga hujjatlar hamda Bombardier va Hawker samolyotlarini sotib oliş loyihalarini musodara qilişdi.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati va Tergov qömitasi Geyzer, uning örinbosari Aleksey Çernov hamda Aleksandr Zarubin va Valeriy Veselov boşçiligidagi jinoiy guruhning faoliyatiga çek qöyişdi.

Tergov qömitasi ma'lumotlariga köra, 2013 yilda Kipr soliq xizmati tomonidan berilgan soliq sertifikati ham aniqlangan.