Özbekistonlik işçi guruhi a'zolarining Madina şahridagi sermahsul faoliyatini Örta Osiyo va Afğoniston hojilariga xizmat körsatuvçi muassasa tomonidan yuksak e'tirof etildi. Hojilarni kutib oliş, joylaştiriş, ziyorat va kuzatişda joriy qilingan tartib-intizom hamda körsatilgan faollik uçun Özbekiston haj işçi guruhi mazkur muassasa tomonidan maxsus maqtov yorliği bilan taqdirlandi.
Madina şahridagi haj işçi guruhi a'zolari özbekistonlik ziyoratçilarni aeroportdan kutib oliş, mehmonxonaga joylaştiriş, Madina şahridagi muqaddas joylarni ziyorat qildiriş va ularni Makka şahriga kuzatiş kabi taşkiliy işlarni tizimli olib bordilar.
Taşakkurnoma işçi guruhimizning kelgusidagi işlarida qöşimça rağbat bölib, öz işlariga yanada mas'uliyat bilan yondoşişlariga xizmat qilişi şubhasiz.
Öz navbatida, namunali hamkorliklari uçun özbekistonlik işçi guruhi tomonidan Örta Osiyo va Afğoniston hojilariga xizmat körsatuvçi muassasa rahbarlariga taşakkur bildirildi.
Jaloliddin Hamroqulov,
Makka şahri
(Arabçadan tarjima)
Saudiya Arabistoni mamlakati Madina şahri
Örta Osiyo va Afğoniston hojilariga
xizmat körsatuvçi muassasa
TAŞAKKURNOMA
Örta Osiyo va Afğoniston hojilariga xizmat körsatuvçi muassasaning özbekistonlik hojilarga xizmat körsatuvçi bölimi Özbekiston haj işçi guruhiga va, xususan, muftiy Usmonxon Alimov janoblariga özining samimiy maqtovi va yuksak taşakkurlarini bildiradi.
“Haj – 2015” mavsumida Özbekiston haj işçi guruhi özbekistonlik hojilarga xizmat körsatişda katta kuç-ğayrat sarflaganini mamnuniyat bilan izhor etadi. Şuningdek, haj işçi guruhining işlarida ulkan muvaffaqiyat va yuksak zafarlar tilaydi.
Hurmat ila,
Özbekistonlik hojilarga xizmat
körsatuvçi bölim mudiri, ustoz Abbos Ahmad Abdulhafiz
imzo, muhr
Manba: muslim.uz






