NASA fazogiri Skott Kelli Xalqaro koinot stansiyasi bortidan olingan AQŞning fotosuratini namoyiş qildi. Unda tong oldidan mamlakatning “tungi çiroqlari”ni köriş mumkin. Bu haqda NASAning saytida ma'lum qilindi.
2015 yil 15 sentabrda amerikalik fazogir Skott Kelli va rossiyalik Mixail Korniyenko özlarining XKSdagi bir yillik missiyalarining yarmini nişonladilar. Fazogirlar va ularni kuzatayotgan olimlarning tadqiqotlari inson organizmi koinotda uzoq vaqt davomida bölganiga qanday javob berişini yaxşiroq anglaşga yordam beradi. Bu ayniqsa NASA uçun muhimdir, çunki u 2030-yillarda Marsga 500 kundan köproq davom etadigan boşqariluvçi parvozni amalga oşirmoqçi.
Kelli va Korniyenko Yerga 2016 yilning 3 mart kuni qaytib kelişlari kerak. Bungaça ular koinotda 342 kun böladilar. Kellining missiyasi davomiyligi böyiça AQŞ uçun rekord natija böladi.
Ayni paytda XKS bortida rossiyalik fazogirlar Sergey Volkov, Oleg Kononenko va Mixail Korniyenko, amerikalik fazogirlar Skott Kelli va Çell Lindgren hamda yaponiyalik fazogir Kimiya Yui faoliyat olib bormoqdalar. Dekabr örtalarida XKSga Yuriy Malençenko (Roskosmos), Timoti Kopra (NASA) va Timoti Pik (Yevropa koinot agentligi) parvoz qiladilar.






