19 sentabr kuni Suriya hukumat qurolli kuçlari mamlakat şimoli-ğarbidagi Idlib provinsiyasiga örnaşib olgan “al-Nusra jabhasi” terrorçilik guruhi pozitsiyalariga muvaffaqiyatli tarzda zarbalar berdi.

Al Foa va Kafray aholi punktlari hududida olib borilgan harbiy harakatlar çoğida Suriya armiyasi bölinmalari 100dan ziyod jangarilarni yöq qilişga erişdi.

Livan axborot agentliklaridan birining xabariga köra, terroristlar hukumat qöşinlarini qurşovga olişga uriniş çoğida yöq qilingan.

Axborot manbasining ma'lum qilişiça, terroristlar bilan keçgan oğir janglarda halok bölganlarning köpçiligi yonidan Özbekiston va Rossiya fuqaroligi pasportlari çiqqan.

Al Foa va Kafray aholi punktlari 5 oy muqaddam al-Qoida tarafdorlari tomonidan qölga kiritilgan bölib, köplab tinç aholi vakillari terroristlar tomonidan öldirib yuborilgan yoki yarador qilingan.

Jangarilar mazkur hududlarga egallab olingan qişloqlardagi yaradorlarga tibbiy yordam körsatiş istagidagi xalqaro insonparvar taşkilotlar vakillarining ötişiga ham ijozat bermagan.

Eslatib ötamiz, Suriyada qurolli mojarolar boşlangan 2011 yil martidan buyon 240 ming nafardan ziyod tinç aholi vakillari halok böldi. Yana millionlab kişilar öz uylarini taşlab ketişga majbur böldi.