18 sentabrda Volgogradda futbol böyiça 2018 yilgi jahon çempionati boşlanişiga 1000 kun qolgani munosabati bilan ommaviy ravişda töpni oyoqdan tuşirmasdan tepiş böyiça Rossiya rekordi örnatildi. Ommaviy tadbirda 209 köngilli iştirok etdi. Ularning soni FIFAga kiruvçi milliy futbol uyuşmalari soniga mos ravişda böldi. Bu haqda TASS axborot agentligiga jahon çempionatiga tayyorgarlik köriş böyiça Volgograddagi qömitada ma'lum qilindi.       

“Şaharning boş maydonida 209 köngilli bir vaqtda töplarni oyoq uçida yerga tuşirmasdan tepiş böyiça Rossiya rekordini örnatişdi. Rekord örnatilgani haqidagi sertifikat tadbirda iştirok etgan Rossiya rekordlar kitobi mutaxassisi tomonidan topşirildi”, deyilmoqda qömitada.     

Söngra bayram futbol estafetasi bilan davom ettirildi. Töp bilan birinçi uzatmani tadbirning eng yoş iştirokçisi – hali 2 yoşga tölmagan bolakay amalga oşirdi. Estafetaning umumiy masofasi ham ramziy ravişda 1000 metrni taşkil qildi.