Hisob böyiça ikkinçi bor taşkil etiladigan Musulmonlar uçun turistik xizmatlar xalqaro körgazmasi kelasi yilning bahorida Turkiyada bölib ötadi. Körgazmada jahon iqtisodiy salohiyatini yuksaltiruvçi asosiy omillar hamda vazifalar muhokamasiga bağişlangan xalqaro konferensiya ham belgilangan. Eslatib ötamiz, “Halol turizm-2015” körgazmasi joriy yilning 25 dekabr sanasida ötişi kerak edi. Biroq mazkur xalqaro tadbirda iştirok etiş istagini bildirgan taşkilotlarning keskin ortib ketişi uning keyingi yilga qoldirilişiga sabab bölgan.
2016 yilning 21-23 mart kunlari Istambul şahrida bölib ötadigan mazkur körgazmada dunyoning 50 ta mamlakatidan 1200 nafardan ziyod delegatlar, şu jumladan ekspertlar, soha mutaxassislari va mahsulot işlab çiqaruvçilar iştirok etişi taxmin qilinmoqda. Bunday yirik turizm xalqaro körgazmasi ikkinçi bor Yevropada bölib ötadi.
Manba: Muxlis.uz






