20 sentabrda “Liverpul” Angliya Premer-ligasining 6-turida özining maydonida “Norviç Siti”ni yuta olmadi, uçraşuv 1:1 hisobi bilan yakunlandi. Mersisaydliklar 48-daqiqada Denni Ingsning goli evaziga hisobda oldinga çiqib oldilar. “Norviç” Rassel Martinning 61-daqiqadagi töpi evaziga hisobni tenglaştirişdi.

“Liverpul”ning yutuqsiz seriyasi Yevropa ligasi bilan hisoblaganda 5 öyindan beri davom etmoqda. Brendan Rodjyers şogirdlari 23 sentabrda Angliya ligasi kubogining 3-bosqiçida “Karlayl Yunayted”ga qarşi uçraşuvda bunga çek qöyişlari mumkin.

6 ta turdan keyin “Liverpul” va “Norviç Siti”ning hisobida 8 tadan oçko bor.

Angliya Premer-ligasi. 6- tur
Liverpul (Liverpul) – Norviç Siti (Noridj) – 1:1
Gollar: Ings, 48 (1:0); Martin, 61 (1:1).

Yana bir uçraşuvda Son Xyun Minning goli “Tottenxem”ga öz maydonida “Kristal Pelas” ustidan minimal hisobda ğalaba olib keldi. Uçraşuvdagi yagona töp 68-daqiqada urildi. “Tottenxem”ning janubiy koreyalik öyinçisi uçun bu töp Angliya çempionatidagi ilk töpi böldi.

“Tottenxem” musobaqa jadvalida 9 oçko bilan 9-örinda, “Kristal Pelas” esa 9 oçko bilan 8-örinda bormoqda.

Tottenxem Xotspur (London) – Kristal Pelas (London) – 1:0
Gollar: Min, 68 (1:0).