Apple kompaniyasi App Store`ga xakerlar tomonidan yirik hujum uyuştirilganidan söng unda paydo bölgan zararli dasturlarni öçiriş işlari olib borilayotganini ma'lum qildi.
Apple öz harakatlariga bir qator kiberxavfsizlik kompaniyalari yuzlab qonuniy ilovalar içiga XcodeGhost zararli dasturi örnaşib olgani haqida ma'lum qilganidan söng izoh berişga majbur böldi.
Reuters agentligining qayd etişiça, xakerlar birinçi marta tizimning mustahkam himoyasini buzib kirişga muvaffaq bölişgan. Ayni paytda Qihoo360 Technology Co kompaniyasi 344ta zararlangan ilovani aniqladi. App Store internet dökonidan qança ilova öçirib taşlangani ayni paytda ma'lum emas. Bungaça esa dasturlarning zararlanişi bilan boğliq beş holat haqida xabar qilingan edi.
Apple xabariga köra, xakerlar dasturçilar uçun ortiqça kodlarni tuzilayotgan dasturlarga avtomatik kiritişga xizmat qiluvçi Xsode rasmiy vositasi nomi ostida niqoblangan virusni joylaştirişga muvaffaq bölişgan.
Agentlik ma'lumotlariga köra, zararlangan ilovalar içida WeChat mobil çati, taksi çaqirişga möljallangan Didi Kuaidi va NetEase Inc internet portalining musiqa ilovalari bor.
Ayni paytda kompaniya iPhone va iPad qurilmalari egalariga kiberhujum natijasida ularning qurilmalari zararlanganini qanday yöl bilan aniqlaş usullari töğrisida ma'lumot berganiça yöq.






