20 sentabrda Germaniya Bundesligasining 5-turida Dortmundning “Borussiya” klubi öz uyida “Bayyer”ni 3:0 hisobida yutdi. Töplarni Yonas Xofman, Sindzi Kagava va Per-Emerik Obameyyang kiritdi. Dortmundliklar uşbu mavsum boşlangandan beri ketma-ket 5-ğalabaga erişdilar va “Bavariya” kabi 15 oçkoga ega bölmoqdalar.
Germaniya Bundesligasi. 5- tur
Borussiya D (Dortmund) – Bayyer (Leverkuzen) – 3:0
Gollar: Xofman, 19 (1:0); Kagava, 58 (2:0); Obameyyang, 74 (3:0, pen).
Turning yana bir uçraşuvida “Ştutgart” öz maydonida “Şalke”ga 0:1 hisobi bilan imkoniyatni boy berdi. Şu tariqa “şvablar” ketma-ket 5 öyindan beri mağlubiyatga uçramoqdalar. Uçraşuvdagi yagona töpni 53-daqiqada Leroy Zane kiritdi.
Musobaqa jadvalida “Şalke” 10 oçko bilan 4-örinni, “Ştutgart” esa oxiridan bitta oldingi 17-örinni egallamoqda.
Ştutgart (Ştutgart) – Şalke-04 (Gelzenkirxen) – 0:1
Gollar: Zane, 53 (0:1).
Turning yana bir uçraşuvida “Augsburg” öz maydonida “Gannover”ni 2:0 hisobida mağlub etdi va çempionatdagi ilk ğalabasiga erişdi.
Augsburg – Gannover 2:0
Gollar: Eşvayn, 29 (1:0), Verxaf, 32 (2:0, pen.)






