Bugun Angliya futbol Assotsiatsiyasi tartib-intizom qömitasi «Çelsi» va «Arsenal» jamoalari örtasidagi uçraşuv paytida «Çelsi» hujumçisi Diyego Kosta va «Arsenal» himoyaçisi Loran Koselni orasida yuzaga kelgan janjalli vaziyatni körib çiqadi. Bu haqda The Telegraph naşri xabar tarqatdi.

Manbaning yozişiça, FA yiğilişi Diyego Kostani uçta uçraşuvga diskvalifikatsiya qiliş töğrisida qaror çiqarişi mumkin.

Eslatib ötamiz, Diyego Kosta Koselnining yuziga zarba bergan, «Arsenal»ning boşqa bir vakili Gabriel Paulista esa şerigini himoya qilaman deb, voqeaga aralaşgan va qizil kartoçka olib maydonni tark etgandi. Öşa vaziyatda Diyego Kosta sariq kartoçka bilan siylangan.

Qayd qilinişiça, qarorda Diyego Kostaning sariq kartoçkasi Paulista yoki Koselni bilan boğliq vaziyatdan qaysi biri uçun körsatilgani muhim rol öynaydi. Agar uçraşuv boş hakami Maykl Din Diyego Kostaning Koselni bilan boğliq vaziyatni körmay qolganini tan olsa, futbolçi nosportça harakati uçun 3ta uçraşuvga diskvalifikatsiya qilinadi.