Özbekistonda töy xarajatlarini qisqartiriş, oilaviy marosimlarda isrofgarçilikka yöl qöymaslik borasidagi muhokamalar davom etmoqda. Bu safar muammoga Samarqand ahlining bölgan munosabati örganildi.

“Samarkandskiy vestnik” naşri şahar aholisining turli yoşdagi vakillarining töy haşamatlari hamda uşbu marosimlardagi isrofgarçilikning oldini oliş uçun olib borilayotgan işlarga bölgan munosabatini örganib çiqdi. Bu öziga xos sörovda 19 yoşdan 78 yoşgaça bölgan şaharliklar iştirok etgan. Ularning oldiga qöyilgan asosiy savol nega körilayotgan çoralar kerakli samarani bermayotganiga oid böldi. Naşr etilgan natijalarga köra, barçaning fikri bir joydan çiqqan.

“Öylaşimça, marosimlarni qisqartiriş va soddalaştirişning imkoni yöq, negaki milliy an'analarimiz köp asrlardan buyon yaşab kelmoqda, - deydi 65 yoşli Nargiza Qahhorova. – Şu bilan birga, odamlarimiz, oilaviy tadbirlar davomida özlarini körsatişni yaxşi körişadi. Qöşnisidan ötişga bor kuçlarini sarflaydilar. Şuning uçun körilayotgan çoralar samarsizdir”.
78 yoşli Xayriniso Ubaydova esa töy marosimlarida yöl qöyilayotgan isrofgarçilikni qisqartiriş zarurligini ta'kidladi:
“Biz ajdodlar odatlarini saqlayapmiz deb özimizni aldab kelamiz. 30-40 yillarda kelinni olib kelişga ikkita eşakda kelişganini bilişarmikin? Agar onalarning ixtiyoriga qöyib bersa, ular butun dunyoni sotib olib, yoşlarning oyoği ostiga taşlaşni istaydi. Hamma narsaning mantiği bölişi, har narsaning me'yorini bilişimiz kerak”.
Xayriniso isrofgarçilikning oldini olişda birinçi galda restoran egalari bilan “işlaş”ni taklif qildi:

“Hozir töylarni restoranlarda nişonlanş urf bölmoqda. Demak, ularning egalari bilan işlaş lozim. Mahalla raislariga qonun buzilgan taqdirda töy tantanalarini töxtatiş huquqini beriş kerak”.
Boşqalar ham şunga yaqin fikrlarni ifodaladi.
Xöş, barça töy marosimlaridagi ortiqça isrofgarçilikka qarşi ekan, nega unda bunday dabdabalar töxtamayapti? Bu savolga javob topolmagan jurnalist yaqinda şaharning eng katta restoranida töy ötkazgan oila boşliğiga murojaat qildi.
“Darhaqiqat, öğlimning töyi juda haşamatli ötdi, - dedi 48 yoşli Abdullo Rahimov. – Tan olaman, köp narsa oxirgi daqiqalarda hal böldi, qudalar oldida uyalib qolmaslik uçun rejalaştirilganidan ança köp pul işlatişimga töğri keldi.

Kelinimning injiqliklari töyxona ostonasigaça töxtamadi, öğlim esa bir marta kuyov bölişlarini rökaç qilib, imkonsiz narsalarni söradi. Bundan taşqari, köplab qarindoşlarimning talablarini inobatga olişiga töğri keldi”.
Abdullo akaning rafiqasi esa ikkiyuzlamaçilik qilmay, töyni “özlari xohlaganday” ötkazganini, ikki-uçta qöşnisi uçun orzu-havasdan voz keçiş niyati yöqligini oçiq bayon qildi.

Eldor Asanov tayyorladi