OAVda paydo bölgan xabarlarga köra, 19 sentabr kuni olamdan ötgan Dubay amirining katta öğli, şahzoda şayx Raşid ibn Muhammad Al-Maqtumning vafotiga avval aytilganidek yurak xuruji sabab bölmagan. Eronning "Fars" axborot agentligi xabar berişiça, u Yamandagi harbiy harakatlar hududida halok bölgan.

"Şayx Raşid Yaman hududidagi Marib provinsiyasida, BAA harbiylari qarorgohiga şialarning "Ansor Alloh" guruhi jangarilari tomonidan berilgan artilleriya zarbalari natijasida halok böldi", deb xabar beradi agentlik Yaman hududidagi harbiy harakatlarda iştirok etayotgan manbalarga asoslangan holda.

19 sentabr kuni Dubay amirligi ma'muriyati Dubay amirligi taxti vorislaridan biri şayx Raşid ibn Muhammad Al-Maqtum yurak xuruji tufayli 34 yoşida vafot etgani haqida rasman xabar qilgandi.

BAA hukumati uning ölimi tafsilotlariga töxtalmagan.

Ma'lumot uçun, 13 sentabr kuni BAA qöşinlari Yamanning Marib viloyatida isyonçi husiyçilarga qarşi quruqlikdagi harbiy amaliyotlarni boşlagandi.

Ayni vaqtda Yamanda arab davlatlari koalitsiyasiga mansub 10 mingga yaqin askardan iborat quruqlikdagi qöşinlar joylaştirilgan.