Nigeriyada sodir bölgan bir neça teraktlar natijasida 50 kişi qurbon böldi, yana 95 kişi jarohat oldi.

“Vengard” naşrining xabar qilişiça, yakşanba, 20 sentabr kuni mamlakat şimoli-şarqidagi Borno ştati ma'muriy markazi hisoblangan Mayduguri atrofidagi ikki şaharça – Adjilari va Bintuda portlaşlar sodir bölgan.

Mazkur teraktlar uçun javobgarlikni heç qaysi jinoiy guruh zimmasiga olmagan.

Mayduguri Nigeriyada halifalik tuziş harakatidagi jangarilar guruhlarining tayanç markazi hisoblanadi. “Boko Haram” terroristik guruhi ham mamlakat şimoli-şarqida faol harakat olib boradi.