Eron prezidenti Hassan Ruhoniy Ğarb jurnalistlariga bergan dastlabki intervyusida yadroviy dastur borasida erişilgan kelişuv AQŞ bilan munosabatlarni yaxşilaş va ixtilofni bartaraf etiş sari qöyilgan birinçi qadam bölganini ta'kidlab ötdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
“Işonamanki, oradagi keskinlikni bartaraf etişga birinçi qadam qöyildi”, - ta'kidladi Ruhoniy CBS telekanaliga bergan intervyusida. U AQŞ kongressi kelişuvni ma'qullaşiga umid bildirdi. Öz navbatida, parlamentda kelişuvga qarşi rezolyutsiya demokratlar tomonidan töxtatib qöyildi.
“Eron xalqining katta qismi kelişuvga ijobiy munosabat bildirdi. Idoralar va milliy xavfsizlik oliy kengaşi bu munosabatdan uzoq emas va şu yönalişda harakat qilmoqda”, - ta'kidladi Ruhoniy. Şuningdek, rasmiy Tehron yetakçisi Eron xalqi amerikaliklarni qattiq hurmat qilişini ta'kidlab ötdi.






